28/07/2021

  Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 mln. 543,8 ming tonna kartoshka yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 % ga ko‘p.kartoshkichi280721

Yetishtirilgan jami kartoshkaning 92,0 % i dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

 Hududlar kesimida e'tibor qaratadigan bo‘lsak, Samarqand 286,3 ming tonna, Surxondaryo 210,3 ming tonna va Farg‘ona viloyati 191,4 ming tonna kartoshka yetishtirish bilan yuqori o‘rinlarni band etgan.

 Bu borada Jizzax viloyati 10,4 ming tonna, Sirdaryo 25,8 ming tonna va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 26,9 ming tonna bilan kartoshka yetishtirishda eng so‘nggi o‘rinda qayd etilgan.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech