02/08/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3 mln. 174,9 ming tonna sabzavot yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 % ga ko‘p.

topkichi1020821

Yetishtirilgan jami sabzavotning 85,3 % i dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hududlar kesimida e'tibor qaratadigan bo‘lsak, Andijon 569,4 ming tonna, Surxondaryo 560,2 ming tonna va Farg‘ona viloyati 415,0 ming tonna sabzavot yetishtirish bilan yuqori o‘rinlarni band etgan.

Bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasi 46,5 ming tonna, Jizzax viloyati 58,4 ming tonna va Navoiy viloyati 66,2 ming tonna bilan sabzavot yetishtirishda eng so‘nggi o‘rinda qayd etilgan.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech