Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda jami 48,6 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,1 % ni tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1971,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,1 % ga teng.

Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 46 638,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,9 % ga teng.

 Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 12 114,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 27 545,9 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

Matbuot xizmati