Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- avgust holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 1 053 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 125,5 % ga oshgan.
2021- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, ushbu sohada jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 9 959 tani tashkil etmoqda.
2021- yil yanvar-iyul oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar:
Toshkent shahri – 203 ta
Farg‘ona viloyati – 123 ta
Samarqand viloyati – 110 ta
Toshkent viloyati – 88 ta
Matbuot xizmati


