O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida"gi 710- son qarori ijrosi yuzasidan Jarqo‘rg'on tumanidagi "Dehqonobod" MFYda tadbir tashkil etildi.perepichi1

Tadbirda Surxondaryo viloyat statistika boshqarmasi, Jarqo‘rg'on tuman statistika bo‘limi, tuman mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi, tuman kadastr agentligi mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.perepichi2

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o‘rinbosari Gulmuhammad Xazratqulov hamda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig'i  Sirojiddin Ostonov so‘zga chiqdi.perepichi3

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni hamda belgilangan vazifalar ijrosi haqida fikr-mulohaza almashish. Shuningdek, mahalla ahliga yurtimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlari bo‘yicha keng tushuncha berishdir.  perepichi4

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

Matbuot xizmati