Aholining umumiy daromadlari mehnat faoliyatidan olgan daromadlar, shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar, mol-mulkdan olingan daromadlar, transfertlardan olingan daromadlardan iborat.
Aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 64,9 %i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (27,8 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (37,1 %) o‘z ichiga oladi.
Aholi umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi 7,4 %, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 2,3 %, transfertlardan olingan daromadlar ulushi 25,4 % ni tashkil qildi.
Matbuot xizmati



