Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2021- yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 546,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.benzinichi

 O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmidagi o‘sish 104,6 % ni tashkil etdi.

 Avtomobil benzini ishlab chiqarish 2021- yilning:

 - yanvar oyida 93,9 ming tonna (o‘sish sur'ati 100,3 foiz);

 - yanvar-fevral oylarida 185,3 ming tonna (97,4 foiz);

 - yanvar-mart oylarida 291,3 ming tonna (103,0 foiz);

 - yanvar-aprel oylarida 368,6 ming tonna (100,8 foiz);

 - yanvar-may oylarida 456,2 ming tonna (103,4 foiz)ni tashkil etdi.

 Avtomobil benzini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan avtomobil benzinining jami hajmida eng yuqori ulushlar Buxoro viloyati 78,8 %, Farg‘ona viloyati 21,1 %, hamda 0,1 % bilan Qashqadaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi.

 

Matbuot xizmati