Respublikamizda 2021- yilning yanvar–iyun oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 5 338 ta to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 23,3 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar–iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 123,4 % ni tashkil etdi.
Xususan, yirik korxonalar ma'lumotlari bo‘yicha:
Kalava ip ishlab chiqarish – 36,3 foizga;
Gilam va boshqa to‘qimachilik pol qoplamalari – 56,5 foizga;
Narsa joylanadigan qoplar va paketlar ishlab chiqarish – 18,0 foizga oshgan.
Shuningdek, to‘qimachilik korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Farg‘ona viloyati 14,2 % (810 ta faoliyat yuritayotgan to‘qimachilik korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 10,2 % (449 ta), Qashqadaryo viloyati 9,5 % (240 ta) hamda Samarqand viloyati 9,2 % (376 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Matbuot xizmati



