2021- yilning yanvar-iyun oylarida sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 8,5 % ga o‘sish kuzatilgan. Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining qo‘shilgan qiymati 7,5 % ga (2020- yil yanvar-iyunda 18,1 % ga kamayish, 2019- yil yanvar-iyunda 5,0 % ga o‘sish) hamda ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 8,6 % (2020- yil yanvar-iyunda – 4,8 %, 2019- yil yanvar-iyunda – 5,8 %)ga o‘sishi hisobiga ta’minlandi. Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tarmog‘ida ham 12,1 % (2020- yil yanvar-iyunda 8,4 % va 2019- yil yanvar-iyunda 5,6 %) ga ijobiy o‘sish qayd etildi. Shuningdek, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 3,5 % ga o‘sish (2020- yil yanvar-iyunda 11,9 % ga kamayish, 2019- yil yanvar-iyunda 11,5 % ga kamayish) kuzatildi.
Matbuot xizmati



