16/08/2021

 2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, YaIM o‘sishi 6,2 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaIM umumiy hajmining 92,4 % ini tashkil etdi va 6,1 % ga o‘sdi (YaIM mutlaq o‘sishiga ta’siri 5,7 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 7,6 % ni tashkil etdi va 7,1 % ga o‘sdi (YaIM mutlaq o‘sishiga ta’siri – 0,5 f.p.).

BBPuz

  Faoliyat turlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymatning o‘sishi quyidagicha bo‘ldi:

– qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 1,8 %;

– sanoatda – 8,5 %;

– qurilishda – 0,1 %;

– xizmatlar sohasida – 8,0 %.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech