Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil 1- avgust holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,5 mingtani tashkil etib, ulardan 12,9 mingtasi faoliyat yuritmoqda. Faoliyat ko'rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 772 taga oshgan.

kapitalichi

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

Rossiya – 2 291 ta

Xitoy – 1 915 ta

Turkiya – 1 776 ta

Qozog‘iston – 1 023 ta

Koreya – 923 ta

Xorijiy kapital ishtirokida 2021- yilning yanvar-iyul oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

Turkiya – 252 ta

Rossiya – 228 ta

Xitoy – 161 ta

Qozog‘iston – 121 ta

Koreya – 64 ta

Matbuot xizmati