2021- yilning yanvar-iyun oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi qariyb 5 411,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 140,8 foizga etdi.

talimuz17082021

Hududlar kesimida ushbu sohadagi eng yuqori ko‘rsatkichlar Samarqand (487,7 mlrd. so‘m), Farg‘ona (304,4 mlrd. so‘m), Buxoro (303,8 mlrd. so‘m) va Andijon (282,8 mlrd. so‘m) viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida (2 344,1 mlrd. so‘m) qayd etildi.

Nisbatan past ko‘rsatkichlar Sirdaryo (77,6 mlrd. so‘m), Navoiy (108,9 mlrd. so‘m), Jizzax (147,4 mlrd. so‘m), Xorazm (191,6 mlrd. so‘m) va Surxondaryo (193,9 mlrd. so‘m) viloyatlarida qayd etildi.

Matbuot ximati