2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, YaIM deflyator indeksi 2020- yilning yanvar-iyunidagi narxlarga nisbatan 112,6 % ni tashkil etdi.
Tarmoqlar kesimida deflyator indeksining yuqori ko‘rsatkichlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 117,8 %, qurilishda – 114,2 % hamda savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 113,5 % qayd etildi.
Respublikaning o‘rtacha darajasi (112,6 %)dan past bo‘lgan deflyator indekslari sanoatda – 111,1 %, tashish va saqlash, axborot va aloqada – 107,9 % hamda boshqa xizmat tarmoqlarida – 110,5 % kuzatildi.
Shu bilan birga, mahsulotlarga sof soliqlarning deflyator indeksi 112,8 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati


