O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-iyun oylarida jami faoliyat yuritayotgan kiyim mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 5,5 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar- iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 117,3 % ni tashkil etdi.
Xususan:
Erkaklar yoki o‘g‘il bolalar uchun pidjaklar va bleyzerlar, jaketlar, pidjaksimon kurtkalar (trikotajdan tashqari) ishlab chiqarish – 52,6 martaga oshdi;
Erkaklar yoki o‘g‘il bolalar uchun shimlar va bridjilar (trikotajdan tashqari) ishlab chiqarish – 83,7 foizga oshdi;
Erkaklar yoki o‘g‘il bolalar uchun kurtkalar (jumladan chang‘ichilar uchun), vetrovka, shtormovka va shu kabi buyumlar (mashinada yoki qo‘lda to‘qilgan trikotaj buyumlardan tashqari) ishlab chiqarish – 67,9 foizga oshdi;
Erkaklar yoki o‘g‘il bolalar uchun ishchi shimlar, ko‘krakpechli va yelka tasmali kombinezonlar, bridji va shortilar ishlab chiqarish – 14,0 foizga oshdi;
Kiyim mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmidagi eng yuqori ulushi Andijon viloyati (24,4 %), Toshkent viloyati (16,6 %), Namangan viloyati (12,1 %), Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahri (7,7 %) hissalariga to‘g‘ri kelmoqda.
Matbuot xizmati



