Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida aholi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 9,0 % ni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulushlar Andijon viloyatida qayd etildi – hududdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 16,0 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyatida 15,9 %, Xorazm viloyatida 15,3 %, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Buxoro viloyatida 13,8 % investitsiyalar aholi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirildi.
Matbuot xizmati



