Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- avgust holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 90 638 tani tashkil etgan.

qaysiichi

O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 117,6 foizga oshgan.

Mamlakatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) korxonalarning 17,4 foiz (90 638 ta) ulushini sanoat korxonalari tashkil etib, shundan kichik biznes sub'ektlari soni 89 795 tani tashkil etgan.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalar soni:

Toshkent shahri – 16 556 ta

Farg‘ona viloyati – 9 934 ta

Toshkent viloyati – 9 296 ta

Andijon viloyati – 9 214 ta

Samarqand viloyati – 7 887 ta

Namangan viloyati – 7 163 ta

Buxoro viloyati – 4 786 ta

Qashqadaryo viloyati – 4 680 ta

Surxondaryo viloyati – 4 501 ta

Xorazm viloyati – 4 033 ta

Jizzax viloyati – 3 717 ta

Navoiy viloyati – 3 438 ta

Qoraqalpog‘iston R. – 3 206 ta

Sirdaryo viloyati – 2 227 ta

Matbuot xizmati