Joriy yilning 17–19- avgust kunlari Islom hamkorlik mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC) tomonidan statistik salohiyatni oshirish dasturi doirasida tashkil etilgan bank, sug'urta va moliyaviy statistika bo'yicha onlayn o’quv kursi tashkil etildi. Mazkur kurs Malayziya statistika departamenti mutaxassislari tomonidan o’tkazildi.

spsichi11908

spsichi21908

O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasidan mazkur o'quv kursida Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig'i Aziz Mamirov, Joriy hisoblar bo'limi boshlig'i Umarjon Obidov, Joriy hisoblar bo'limi bosh mutaxassisi Tatyana Kuksina hamda Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo'limi bosh mutaxassisi Xusniddin Mamatmuradov ishtirok etishdi.

spsichi31908

spsichi41908

Masofaviy tarzda tashkil etilgan mazkur o’quv kursi moliyaviy sektorga tegishli milliy hisoblar tizimining asosiy kontseptsiyasi, moliyaviy korporatsiyalarga va ularning sub-sektoriga kirish, moliyaviy ishlab chiqarish – ishlab chiqarishni o'lchash; bilvosita o'lchangan moliyaviy vositachilik xizmatlarini o'lchash (UFPIC); bilvosita o'lchanadigan moliyaviy vositachilik xizmatlarini taqsimlash (UFPIC); hayotni sug'urtalash, ijtimoiy ta'minot va boshqa mavzularni qamrab oladi. 

spsichi51908

spsichi61908

spsichi71908

Ushbu kurs joriy yilning 19- avgustiga qadar davom etadi.

 

Matbuot xizmati