Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yil yanvar-iyul oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 59 700 tani tashkil qiladi.
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
savdoda – 21 425 ta
sanoatda – 12 319 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 8 326 ta
qurilishda – 4 075 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 3 817 ta
axborot va aloqada – 1 496 ta
tashish va saqlashda – 1 495 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 1 032 ta
boshqa sohalarda – 5 715 tani tashkil etgan
Matbuot xizmati



