Joriy yilning 17–19- avgust kunlari Davlat statistika qo‘mitasining Statistika ishlarni tashkil etish va metodologiya boshqarmasi hamda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi bilan hamkorlikda “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” ijrosi doirasida milliy statistika tizimi faoliyatida sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish bo‘yicha maxsus vebinar tashkil etildi.
Mazkur vebinarda Davlat statistika qo‘mitasining markaziy apparati boshqarma boshliqlari hamda hududiy statistika organlari xodimlari ishtirok etishdi.
Vebinarda Davlat statistika qo‘mitasining Milliy statistika tizimi doirasida Statistik ma'lumotlarni taqdim etishning universal modeli(GSIM)ni joriy etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot qilindi. Taqdimotda mazkur modelni joriy etish bo‘yicha 1- bosqichdagi ishlar muhokama qilindi.
Jumladan:
- Statistika dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi;
- Statistika sohasida tasniflar, metodologiyalar va yo‘riqnomalar ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha namunaviy uslubiy qo‘llanma;
- Metama’lumotlarni ishlab chiqish bo‘yicha namunaviy uslubiy qo‘llanma;
- Statistik ko‘rsatkich va indikatorlarni belgilash tizimi idoraviy tasniflagichi bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi.
Vebinarda tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga qo‘mita mas’ullari tomonidan atroflicha javob berildi.
Matbuot xizmati








