2021- yilning yanvar–iyun oylarida 45 497 tonna uzum yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 105,1 %ni tashkil qildi.uzumichi1

Uzum yetishtirishning yuqori hajmlari 24 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 52,7 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.

Hududlar o‘rtasida uzum yetishtirishning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Surxondaryo (30,1 %) viloyatiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, yuqori ulush Qashqadaryo (13,9 %), Namangan (11,8 %) va Buxoro (11,4 %) viloyatlarida qayd etildi.

Matbuot xizmati