2021- yilning yanvar–iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 191,5 ming tonna go‘sht (tirik vaznda) (2020-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,4 % ga ko‘p) yetishtirildi.
Xo‘jalik toifalari orasida go‘sht yetishtirishning eng katta hajmi 1 102,7 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 92,5 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.
2020- yilga nisbatan ko‘rsatib o‘tilgan davrda, fermer xo‘jaliklarida 3,8 % va dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 4,3 %, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 10,3 % o‘sish kuzatildi.
Go‘sht yetishtirishning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Toshkent viloyatiga (12,3 %) to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, eng past ulush Sirdaryo viloyatida (2,8 %) kuzatildi.
Matbuot xizmati


