2021- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni 2020 yilning mos davriga nisbatan 341,5 ming boshga ko‘payib, ularning umumiy soni 12 953,3 ming boshga yetdi.

respichi

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, respublikadagi jami yirik shoxli qoramollar bosh sonining 93,0 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yirik shoxli qoramollar umumiy bosh sonining hududlar bo’yicha ulushi:

Qashqadaryo viloyati – 12,4 %

Samarqand viloyati – 12,1 %

Buxoro viloyati – 9,6 %

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 8,8 %

Matbuot xizmati