Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida 5 779 ta mebel ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 1,1 trln. so‘mlik mebel mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

6oyichi

Tarmoqning 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 101,0 % ni tashkil etdi.

 Mebel ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 2021- yilning:

 yanvar oyida 109,5 mlrd. so‘m

 yanvar-fevral oylarida 225,0 mlrd. so‘m

 yanvar-mart oylarida 473,2 mlrd. so‘m

 yanvar-aprel oylarida 689,6 mlrd. so‘m

 yanvar-may oylarida 823,4 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent shahri 25,7 % (1 331 ta mebel ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan), Andijon viloyati 10,6 % (567 ta), hamda Toshkent viloyati 9,4 % (657 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.

 

Matbuot xizmati