Yurtimizda 2021- yilning yanvar-iyun oylarida jami faoliyat yuritayotgan rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 2,9 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 103,0 % ni tashkil etdi.

rezinaichi24082021

Rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmidagi eng yuqori ulushi Toshkent shahri (42,8 %), Toshkent viloyati (23,1 %), Farg‘ona viloyati (7,1 %) hamda Samarqand viloyati (6,3) hissalariga to‘g‘ri kelmoqda.

Matbuot xizmati