Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 58795,9 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 57,1 % ini tashkil etdi. Qurilish montaj ishlari bo‘yicha 37658,4 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 36,5 %) va boshqa xarajatlarga 6601,3 mlrd. so‘m (6,4 %) o‘zlashtirildi.
Hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi – 49,9 % .
Qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng quyi daraja Jizzax viloyatida kuzatilib, 20,3 % ni tashkil etdi va Namangan viloyatida mashina, uskunalar va inventarlarga xarajatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich – 71,0 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati



