2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida YaHM hajmi 21 045,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu esa 2020- yilning yanvar-iyun ma’lumotlariga nisbatan 5,6 % ga ko‘pdir. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 100,2 %
(YaHM tarkibidagi ulushi – 36,5 %), sanoatda 108,1 % (15,5 %), qurilishda 110,5 % (6,7 %)va xizmatlar sohasida 108,8 % (41,3 %) o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YaHM 3,7 % ga ko‘paydi va 5 307,6 ming so‘mni tashkil etdi.
Matbuot xizmati


