Respublikada 2021- yilning yanvar-iyun oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 835 ta ichimliklar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 4 199,8 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 118,5 % ni tashkil etdi.
Ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent shahar 45,5 % (172 ta ichimlik ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 35,4 % (128 ta), hamda Namangan viloyati 6,0 % (43 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Matbuot xizmati


