2021- yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur‘ati  185,8 % ga o‘sib, Qorao‘zak tumanida kuzatildi. Bu asosan sement ishlab shiqarishni kengaytirish uchun o‘zlashtirilgan xorijiy kreditlar bilan bog‘liq. 

Shuningdek, Beruniy tumanida ham yuqori o‘sish surʼati kuzatilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 142,5 % ni tashkil qildi. Bunday natijani oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish dasturi doirasida o‘zlashtirilgan investitsiyalar bilan izohlash mumkin.

Bo‘zatov tumanida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining o‘tgan yilning mos davriga  nisbatan 138,9 % ni tashkil etishi, asosan chorvachilikni rivojlantirish uchun o‘zlashtirilgan xorijiy kreditlar bilan bog‘liq.

Respublikada asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha yuqori ulush Nukus shahri – 21,5 %, Mo‘ynoq tumani – 17,9 % va To‘rtko‘l tumanida – 10,3 % kuzatildi.

Matbuot xizmati