2021- yilning yanvar-iyun oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga, jami qurilish ishlari hajmining 67,4 % i to‘g‘ri kelib, 2020- yilning yanvar-iyun oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 11,6 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2020- yilning mos davriga nisbatan 100,1 % ni tashkil etdi.

qurlichi

Joriy hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori hajm ko‘rsatkichi Nukus shahri 709,7 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan ulushi 88,8 %, Mo‘ynoq tumani (132,8 mlrd. so‘m, ulushi 90,8 %), To‘rtko‘l (103,6 mlrd. so‘m, ulushi 44,4 %) va Qo‘ng‘irot (76,5 mlrd. so‘m, ulushi 37,0 %) tumanlariga to‘g‘ri keldi.

Matbuot xizmati