Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.
2016- yilda – 4 742 ta
2017- yilda – 5 034 ta
2018- yilda – 6 218 ta
2019- yilda – 9 029 ta
2020- yilda – 10 740 ta
2021- yilda – 12 481 ta
Matbuot xizmati



