2021- yilning yanvar-iyun oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari o‘sish sur’ati o‘tgan yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 157,5 % ni tashkil etdi va jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 3,7 % punktga ko‘payib, 14,5 % ni tashkil etdi.

quriich1

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Qo‘ng‘irot tumani (tumandagi jami qurilish ishlari hajmining 54,9 %, yoki 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 175,6 %), Qorao‘zak tumani (ulushi 45,7 % yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 307,8 martaga ko‘p), Taxiatosh (ulushi 40,9 %,  yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 241,1 %) ga to‘g‘ri keldi.

Matbuot xizmati