Buxoro viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 69,3 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (21,1 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (48,2 %) o‘z ichiga oladi.
Aholi umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi 4,1 %, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 1,0 %, transfertlardan olingan daromadlar ulushi 25,6 % ni tashkil qildi.
Matbuot xizmati


