Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

sinov0709ichi1

sinov0709ichi2

Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich Andijon viloyatining Xo`jaobod tumanida tashkil etilgan aholini ro‘yxatga olish bo‘limi faoliyati hamda aholi punktlarining xaritalarini va aholi soniga aniqlik kiritgan holda xonadonlar ro‘yxatlarini yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining holati bilan tanishdi.

sinov0709ichi3

sinov0709ichi4

A.Ikramov tashkiliy reja asosida aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Matbuot xizmati