Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar–iyun oylarida Buxoro viloyati bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida respublika byudjeti hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 3,5 % ni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Shofirkon tumanida qayd etildi – hududdagi jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 9,0 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, Buxoro shahrida bu ko‘rsatkich 6,5 %, Qorako‘l tumanida 6,4 % va Buxoro tumanida 4,6 % ga yetdi.
Matbuot xizmati



