Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar tarkibida mablagʻlarni jalb qilmasdan korxona va tashkilotlar oʻz mablagʻlari hisobidan oʻzlashtirgan investitsiyalari ulushi Buxoro viloyatida 21,0 % ni tashkil etdi.

ob0909ichi

Mazkur koʻrsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Qoravulbozor tumanida qayd etildi – hududdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning 30,2 % ini tashkil etdi.

Shuningdek, Romitan tumanida 28,4 %, Jondor tumanida  23,8 %, Buxoro shahrida 21,0 % investitsiyalar aynan korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan oʻzlashtirildi.

Matbuot xizmati