Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-sentyabr holatiga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 115 tani tashkil etgan.

1

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida ushbu sohada 1 219 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib, oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 125,3 foizga oshganligini koʻrishimiz mumkin.

2021-yil yanvar-avgust oylarida sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng koʻp yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega boʻlgan hududlar:

Toshkent shahri – 228 ta

Fargʻona viloyati – 140 ta

Samarqand viloyati – 126 ta

Toshkent viloyati – 103 ta

Matbuot xizmati