Davlat Statistika qo‘mitasi  raisi o‘rinbosari   Ziyayev Zoxidjan Muratovich boshchiligida qo‘mita boshqarma boshliqlari Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani O’zbekiston mfyda, sinov tariqasida aholini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

turaholiichi1100921

Eslatib o’tamiz, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

turaholiichi2100921

Ish jarayonida xodimlarni ishga qabul qilish bo’yicha ish rejalari tuzish,  ishga talabgor bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazish va ro‘yxatlarini shakllantirish bo’yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

turaholiichi3100921

Bundan tashqari, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish  jarayonida ro‘yxatga olish uchastkalariga ajratilgan bino va xonalar ko‘zdan kechirildi.

turaholiichi4100921

turaholiichi5100921

Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga xodimlar qabul qilish  va ro‘yxatini shakllantirish jarayoni  qizg‘in davom etmoqda.

Matbuot xizmati