Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

bekobodichi11009

Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.

bekobodichi21009

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi umumxalq xayriya hashari doirasida ishdan bo‘sh vaqtlarida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Sirdayo”, “Turkiston” va “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida hasharlar tashkil etmoqda.

bekobodichi41009

Jumladan, mahalladagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar hashar yo‘li bilan tozalandi.

bekobodichi51009

Shuningdek, mazkur mahalla fuqarolar yig’ini hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlanib, butaldi. Ishchi guruhi tomonidan keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar va kam ta'minlanganlar holidan xabar olinib, ularga nogironlik aravachalari tarqatildi.

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

 Matbuot xizmati