Joriy yilning 10- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi  raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida qo‘mita boshqarma boshliqlari Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida, sinov tariqasida aholini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

oldperepis1009211

Eslatib o’tamiz, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

oldperepis1009211

Aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbirini sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan qo‘mita raisi o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.

oldperepis1009211

Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g'risidagi ishonchli axborot manbasi bo‘lishi ta’kidlandi.

oldperepis1009211

Aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma'lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

oldperepis1009211

Ish jarayonida xodimlarni ishga qabul qilish bo’yicha ish rejalarini tuzish,  ishga talabgor bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazish va ro‘yxatlarini shakllantirish bo’yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish  jarayonida ro‘yxatga olish uchastkalariga ajratilgan bino va xonalar ko‘zdan kechirildi.

Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga xodimlarni qabul qilish  va ro‘yxatini shakllantirish jarayoni  qizg‘in davom etmoqda.

Matbuot xizmati