Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar - iyun oylarida nodavlat mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar tomonidan jami 3330,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, barcha mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlarining 95,0 % ini tashkil etdi.
Nodavlat mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Qorovulbozor tumanida – hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 98,3 %, Kogon tumanida 98,2 %, Kogon shahri va G‘ijduvon tumanida 97,8 % kuzatildi.
Matbuot xizmati



