Samarqand viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 58,0 %i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (18,1 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (39,9 %) o‘z ichiga oladi.

sam1409ichiuz

Aholi umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi 5,9 %, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 0,8 %, transfertlardan olingan daromadlar ulushi 35,3 % ni tashkil qildi.

Matbuot xizmati