2021- yilning yanvar - iyun oylarida Surxondaryo viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 10 610,3 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,5 % ni tashkil qildi.
Respublikaning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmida mazkur hududning ulushi 9,1 %ni tashkil etdi.
Viloyat bo‘yicha jami yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 53,8 %i – dehqonchilik mahsulotlari hamda 46,2 %i – chorvachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Matbuot xizmati



