Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida respublika budjeti hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 6,8 % ni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi – hududdagi jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 12,1 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 9,6 %, Xorazm viloyatida 8,5 % va Samarqand viloyatida 8,0 % ga yetdi.
Matbuot xizmati


