Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar - iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida mablag‘larni jalb qilmasdan korxona va tashkilotlar o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirgan investitsiyalari ulushi 31,8 % ni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Toshkent shahrida qayd etildi – hududdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning 51,2 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, Toshkent viloyatida 43,1 %, Samarqand viloyatida 41,2 %, Farg‘ona viloyatida 30,1 % investitsiyalar aynan korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirildi.
Matbuot xizmati



