2021- yilning yanvar - iyun oylarida Sirdaryo viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 3 591,5 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,3 % ni tashkil qildi.
Respublikaning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmida mazkur hududning ulushi 3,1 %ni tashkil etdi.
Viloyat bo‘yicha jami yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 41,5 %i – dehqonchilik mahsulotlari hamda 58,5 %i – chorvachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Matbuot xizmati



