Surxondaryo viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 64,7 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (18,7 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (46,0 %) o‘z ichiga oladi.
Aholi umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi 5,4 %, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 0,3 %, transfertlardan olingan daromadlar ulushi 29,6 % ni tashkil qildi.
Matbuot xizmati


