Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 7 oyida O‘zbekiston 10 ta davlatga qiymati 7,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 47,4 ming tonna sabzi eksport qilgan.
Sabzi eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,2 ming tonnaga ko‘p.
O‘zbekiston sabzi va sabzi mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 28,2 ming tonna
Qirg‘iz R. – 16,0 ming tonna
Rossiya – 2,9 ming tonna
Tojikiston – 322,5 tonna
Belarus – 10,3 tonna
2021- yilning 7 oyida xorijga eng ko‘p sabzi eksport qilgan hududlar:
Andijon viloyati – 12,5 ming tonna
Toshkent viloyati – 10,7 ming tonna
Qoraqalpog‘iston R. – 5,9 ming tonna
Farg‘ona viloyati – 4,8 ming tonna
Matbuot xizmati