Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga 1630 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich 2020- yilga nisbatan 111 taga ko‘p.
Bino va inshootlar qurilishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 75,8 % ni tashkil etdi. Mos ravishda, fuqarolik obyektlari qurilishida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 14,2 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarini bajarayotgan qurilish korxonalari ulushi 10,0 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati



