2021- yilning 1- sentabr holatiga koʻra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 10 699 tani tashkil etib, oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 121,2 foizga oshgan.regsichi2

2021-yil yanvar-avgust oylarida axborot va aloqa sohasida 1 759 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 1 741 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni boʻyicha eng koʻp ulushga ega boʻlgan hududlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak;

Toshkent shahri – 620 ta

Fargʻona viloyati – 195 ta

Samarqand viloyati – 155 ta

Toshkent viloyati – 115 tani tashkil etganligini koʻrishimiz mumkin boʻladi.

Matbuot xizmati