Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyati bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida mablag‘larni jalb qilmasdan korxona va tashkilotlar o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirgan investitsiyalar ulushi 21,0 % ni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Qorovulbozor tumanida qayd etildi, hududdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning 30,2 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, Romitan tumanida 28,4 %, Jondor tumanida 23,8 %, Buxoro shahrida 21,0 % investitsiyalar aynan korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirildi.
Matbuot xizmati



